Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qo‘yliq bozoridagi mahsulotlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilib borish to‘xtatilayotganini bildirmoqda.
Bakiroo manbasining yozishicha, Sabab o‘laroq bozorning rekonstruksiyasi ko‘rsatilgan.
Qo‘yliq bozoridagi eng muhim meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari mahsulot yetishtiruvchilar, ulgurji xaridorlar va iste’molchilar uchun juda muhim oriyentir hisoblanar edi. Shuningdek, foydalanuvchilar ushbu ma’lumotlar vositasida narxlar o‘zgarishini mustaqil kuzatib borishlari mumkin bo‘lardi.
Qo‘yliq bozorining rekonstruksiyasi niqobi ostida buzish va tadbirkorlarni oligarxlar nazoratidagi savdo markazlariga ixtiyoriy-majburiy ko‘chirish jarayoni amalga oshirilayotgani bo‘yicha xavotirlar mavjud», deyiladi manba xabarida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!