Yoqilgʻi – energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Xususan, “B. M.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatga qarashli Boyovut tumani “Beruniy” mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida tijorat maqsadlarida noqonuniy daromad orttirishni koʻzlashib, hisoblagich priboridan tashqari gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzboshimchalik bilan ulashib, noqonuniy ravishda 62,5 mlrd. soʻmlik 41 mln 666 ming metr tabiiy gazni oʻgʻirlashganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan “B. M.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 2 nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!