Yangiliklar

Ayubxon Yunusov Oʻzbekistonning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi

Ayubxon Yunusov Oʻzbekistonning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi

Bugun Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Kuvaytga tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Al-Azhar” universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.

2003-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.

Arab, rus va ingliz tillarini mukammal biladi. Ayubxon Yunusov 2016-2022-yillarda mamlakatimizning Kuvaytdagi elchisi boʻlib ishlagan Bahromjon Aloyev oʻrniga tayinlandi.