Yangiliklar

“Ularga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar sud qaroriga muvofiq undirib beriladi” – Turizm qoʻmitasi oʻzbekistonlik ziyoratchilarning Umradan qayta olmayotgani boʻyicha maʼlumot berdi

“Ularga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar sud qaroriga muvofiq undirib beriladi” – Turizm qoʻmitasi oʻzbekistonlik ziyoratchilarning Umradan qayta olmayotgani boʻyicha maʼlumot berdi

Hozirgi paytda ayrim “tadbirkorlar” tomonidan Umra tadbirlarini amalga oshirishda yetarli tajriba va koʻnikmalarga ega boʻlmay, litsenziya olmasdan fuqarolarning ishonchiga kirib, noqonuniy ravishda ishlab kelishi uchramoqda. Bu haqda Turizm qoʻmitasi maʼlum qilmoqda.  

Qayd etilishicha, qoʻmita tomonidan bunday maʼlumotlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilmoqda.

“Shu oʻrinda, yana bir bor eslatib oʻtamiz: «Umra” xizmatlarini sifatsiz koʻrsatishidan jabr koʻrgan ziyoratchilar oʻrnatilgan tartibda murojaat etishlari mumkinligini hamda ularga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar sud qaroriga muvofiq undirib beriladi», – deyiladi xabarda.