Eng ko‘p ovoz berilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati – 219 ming 455 nafar;
  • Samarqand viloyati – 181 ming 925 nafar;
  • Buxoro viloyati – 109 ming 930 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.

Eng kam ovozni esa Jizzax viloyatida 6 ming 993 nafar fuqaro bergan.

O‘zbekistonda muddatidan oldin ovoz berish 16-oktyabr kuni boshlanib, 23-oktyabr kuni yakunlangan.