Jahon

Putin: Rossiya yadroviy urushga tayyor

Putin: Rossiya yadroviy urushga tayyor

Rossiya harbiy-texnik nuqtai nazardan yadro urushiga tayyor. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Putin “RIA Novosti”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yadroviy raketalar doimo jangovar va shay holatda.

“Bizning o‘z tamoyillarimiz bor. Agar Rossiya davlatining mavjudligi, suverenitetimiz va mustaqilligimizga zarar yetkaziladigan bo‘lsa, qurol-yarog‘ni, jumladan, har qanday qurolni, shu jumladan siz aytgan qurollarni ham ishlatishga tayyormiz. Biz uchun Strategiyada hamma narsa yozilgan, biz uni o‘zgartirmadik”, deya qo‘shimcha qildi Putin.

Shuningdek, Prezident AQSH yadroviy sinovlar o‘tkazsa, Rossiya ham shunday qilishi mumkinligini qo’shimcha qildi. Ukrainadagi urush vaqtida taktik yadro qurollardan foydalanishga hech qachon ehtiyoj bo‘lmaganini ta’kidladi.

“Men Bayden an’anaviy siyosiy maktab vakili ekanini aytdim va bu tasdiqlandi. U yerda Baydendan tashqari Rossiya-Amerika munosabatlari va strategik cheklov sohasida ko‘plab boshqa mutaxassislar bor. Shu bois, bu yerda hammasi u qadar shoshib ketyapti, deb o‘ylamayman, lekin biz bunga tayyormiz”, deydi Putin xulosa qilib.