O‘zbekiston

Sirdaryodan noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

Sirdaryodan noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

Bu haqda Prezidentning “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga kiritilgan (PF-46 11.03.24) o‘zgartirish va qo‘shimchalarda keltirildi.

Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-maydan Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi, shuningdek, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Bundan ko’zlangan maqsad, O’zbekistonda suv havzalarini muhofaza qilish bo’yicha chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash va Sirdaryo daryosi o’zanini to’planip qolgan noruda materiallardan tozalash hamda qirg’oqlarini mustahkamlashdan iborat.

Bildirilishicha, Sirdaryo daryosining yuvilgan qirg‘oqlarini mustahkamlash, qirg‘oq bo‘yi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.