Masofaviy ovoz berish Monitoring portali maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasida prezidentlik saylovining birinchi kunida 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moskva vaqti bilan soat 06:59 holatiga ko‘ra, avvalroq ishtirok etish uchun ariza bergan 28 ta hududdagi saylovchilarga 500 569 ta saylov byulletenlari topshirilgan. Shunday qilib, federal platformada masofaviy ovoz berish uchun saylovchilarning ishtiroki 10% ni tashkil etdi.
«Jami 4,76 million kishi masofaviy ovoz berish federal platformasi orqali ovoz berishni rejalashtirmoqda. Moskva aholisi o’z platformasida ovoz berishlari mumkin, poytaxtda masofaviy ovoz berish uchun oldindan ariza topshirishning hojati yo’q edi» deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovlari 15-17 mart kunlari boʻlib oʻtadi. Birinchi marta ular uch kun davomida va masofaviy elektron ovoz berish orqali o’tkazilmoqda. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod: Vladimir Putin, Vladislav Davankov, Leonid Slutskiy va Nikolay Xaritonov da’vogarlik qilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!