Jahon

SpaceX uchinchi urinishida Starship kosmik kemasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

SpaceX uchinchi urinishida Starship kosmik kemasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

AQSH aviatsiya maʼmuriyati SpaceX kompaniyasiga uchinchi marta StarShipni sinovdan o‘tkazishga ruxsat bergandan so’ng, parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda “Washington Post” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, NASA Starship tizimining uchinchi sinov parvozini rivojlantirishga 4 milliard dollar sarmoya kiritgan. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, astronavtlarni Oyga tashish uchun foydalanish kutilyotgan edi.

SpaceX shuningdek, o’zining Starlink internet sun’iy yo’ldoshlarining keyingi avlodini joylashtirish uchun balandligi qariyb 400 fut bo’lgan ulkan transport vositasidan foydalanmoqchi. Ilmiy hamjamiyatning ko’pchiligi undan katta ilmiy asboblar va teleskoplarni kosmosga joylashtirish uchun foydalanishni xohlaydi.

“Bugungi parvoz reja bo‘yicha amalga oshirildi, kema birinchi marta koinotga chiqdi, Yer atrofida bir necha marta to‘liq aylanishni amalga oshirdi, Hind okeani ustidan atmosferaning zich qatlamlariga kirdi, shundan so‘ng u bilan aloqa uzildi, lekin shunga qaramay, kemaning ishga tushirilishi muvaffaqiyatli deb hisoblandi” dedi NASA maʼmuriyati.

Eslatib o’tamiz, 2023- yil aprel oyida Starship‘ning birinchi uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. 2023-yil noyabrida uchirilgan ikkinchi kosmik kema parvozi portlash bilan tugagan.