Jahon

Qozog‘istonda davlat gerbi o‘zgartirilishi mumkin

Qozog‘istonda davlat gerbi o‘zgartirilishi mumkin

Qozog‘iston gerbi ozgartirilishi mumkin. Bu haqda Respublika Prezidenti Qosim-Jomart To’qayev Atirauda bo‘lib o‘tgan Milliy qurultoyidagi nutqida aytib o’tdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Qozog’iston gerbini tushunish juda qiyin. Ayni paytda bu yo‘nalishda aniq ishlar olib borilmoqda. Bir qator ekspertlar, jamoatchilik faollari davlat ramzlari tizimini modernizatsiya qilish bo’yicha ishlamoqda .

“Davlat gerbiga kelsak, men mutaxassislar va manfaatdor fuqarolarning, shu jumladan yoshlarning Qozog’iston gerbini tushunish juda qiyin, unda eklektizm va Sovet Ittifoqi belgilari mavjud degan asosli dalillarni inobatga olish maqsadga muvofiq deb hisoblayman”— dedi davlat rahbari.

Shu boisdan, barcha jihatlarni mohiyatan ko’rib chiqadigan va jamoatchilik muhokamasini o’tkazadigan maxsus komissiya tuzish va yangi Davlat gerbining eng yaxshi eskizini yaratish uchun ochiq tanlov eʼlon qilish kerakligi ta’kidlandi.