Jahon

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

Kreml bayonotiga ko’ra, Putin Moskva viloyatidagi qarorgohida Rossiya prezidenti saylovida masofaviy elektron ovoz berishda ishtirok etgan. Bu haqda «Interfaks» nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiyada prezidentlik saylovlari 17-martgacha davom etadi. Mamlakatda prezidentlik saylovlari birinchi marta uch kun davomida va federal okruglarning deyarli uchdan birida masofaviy elektron ovoz berish tizimidan foydalangan holda o‘tkazilmoqda.

Prezidentlik uchun 4 nafar nomzod kurashmoqda: amaldagi prezident Vladimir Putin “Yagona Rossiya” partiyasi, Liberal-demokratik partiyasi raisi Leonid Slutskiy, Kommunistik partiyadan nomzod Nikolay Xaritonov va Yangi xalq partiyasidan Vladislav Davankov ko‘magida mustaqil nomzod bo‘ldi. .

Ma’lumot uchun, yangi saylangan prezident bu lavozimda 6 yil ishlaydi. Saylanish imkoniyati juda yuqori deb hisoblangan Putin yana ovoz berishda g’alaba qozonsa, 5-marta Rossiya prezidenti bo’ladi.