O‘zbekiston

YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi «Silk Road Samarkand» majmuasida o’tkaziladi

YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi «Silk Road Samarkand» majmuasida o’tkaziladi
«2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Sessiya «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida o‘tkaziladi.

Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:

  • Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros ob’yektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli ko‘rgazmalar tashkil etiladi;
  • Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘lishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;
  • O‘zbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros ob’yektlarini tegishlicha YUNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Ta’limni targ‘ib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro ro‘yxatlarga kiritish choralari ko‘riladi;
  • Sessiyaning mamlakatimizda o‘tkazilishining ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.