Jamiyat

O’zbekistonda dronlardan foydalanishda qanday cheklovlar mavjud?

O’zbekistonda dronlardan foydalanishda qanday cheklovlar mavjud?

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

Joriy yilning 15-mart kuni “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.

Qonunga xilof ravishda ushbu qilmishni birinchi marotaba sodir etgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik emas, balki maʼmuriy javobgarlik belgilandi. Bu esa o‘z navbatida, jamiyatimizda ushbu turdagi jinoyatlar ko‘payishini oldini olishga, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, shuningdek, mamlakatimizga chet ellik sayyohlar oqimini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan so‘ng 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.