Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida Sirdaryo viloyatida noqonuniy faoliyat yuritib kelgan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, Sirdaryo tumanida joylashgan “R.A.” MCHJ 86 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Unga ko’ra, Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 1 milliard 91 million so‘m miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!