2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiya prezidentligiga nomzod va amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin yetakchilik qilmoqda.
Protokollarning 80 foizini qayta ishlagandan so‘ng u 87,15 foiz ball to‘plagani aniq bo’ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) huzuridagi axborot taxtasida e’lon qilingan ma’lumotlarda ma’lum qilindi.
Ung ko’ra, ikkinchi o‘rinda 4,22 foiz ovoz olgan Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi nomzodi Nikolay Xaritonov turibdi.Undan keyingi o‘rinda “Yangi xalq” partiyasidan nomzod Vladislav Davankov 4,04 foiz ovoz olgan.
LDPR nomzodi Leonid Slutskiy 3,16% ovoz bilan to’rtinchi o’rinni egallagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!