Keyingi paytda qirollik xorijdagi musulmonlarlarning ziyorat qilishlari uchun qator imkoniyatlar bergan. Shaxsiy, mehmon va sayyohlik vizalari kabi har xil turdagi kirish vizasiga ega bo‘lgan musulmonlar elektron uchrashuvni bron qilganidan so‘ng umra ziyoratini ado etishlari va Madinadagi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) qabri joylashgan Ravzai Sharifni ziyorat qilishlari mumkin. Saudiya Arabistoni rasmiylari umra vizasining amal qilish muddatini ham 30 kundan 90 kunga uzaytirgan.
Kutilayotgan oqim bilan kurashish uchun Saudiya hukumati namozxonlarga marosimlarni muammosiz va qulay tarzda bajarishga yordam beradigan bir qator chora-tadbirlarni e’lon qildi, – deyiladi xabarda.