Isroilning tibbiyot majmuasiga hujumi natijasida ko’plab falastinliklar halok bo’ldi.
G’azo sektoridagi Sog’liqni saqlash vazirligi, BMT va xalqaro tashkilotlarni Isroilning Al-Shifa kasalxonasida davom etayotgan bemorlar, yaradorlar, ko’chirilganlar va tibbiyot xodimlarini o’ldirishini to’xtatishga chaqirdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, G’azo shahridagi (G’azo sektorining ma’muriy markazi) Al-Shifa kasalxonasida isroillik harbiylarning otishmasi natijasida ko’plab falastinliklar halok bo’lgani va jarohatlangani sababli murojaat qilgan.
Sog’liqni saqlash vazirligi Isroil armiyasining tanklar va uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda uyushtirgan hujumi natijasida tibbiyot majmuasi darvozasida yong’in chiqqani va tutun tarqalishi natijasida ko’chirilgan ayollar va bolalar xavf ostida qolganini ma’lum qildi.
Tibbiyot majmuasi bilan aloqa uzilib qoldi, ko’plab ko’chirilganlar xususiy operatsiya xonasi va sakkizinchi binodagi shoshilinch tibbiy yordam bo’limida qamalib qolishdi, deyiladi xabarda.
«Hujumda ko’plab falastinlik halok bo’ldi, yong’inni o’chirish imkoni bo’lmagani uchun yaradorlarni qutqarib bo’lmadi,» deyiladi Sog’liqni saqlash vazirligi bayonotida.
Isroil derazalarga yaqinlashgan har kimga qarata o’q otgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!