Jahon

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In artilleriya mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In artilleriya mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirdi

Shimoliy Koreya armiyasining harbiy qudrati Koreya yarim orolida urush boshlangan taqdirda “Seulni yo‘q qilish” imkonini beradi. Bu haqda Kim Chen In yadroviy qurollarni uchirish tizimi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishda aytib o’tdi.

Kim Chen Inning taʼkidlashicha, mashgʻulotlar yadro qurollaridan foydalanish va artilleriya boʻlinmalarining “jangovar qobiliyatini” oshiradi.

Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi Shimoliy Koreya yetakchisi nazorati ostida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida uchirilgan kamida oltita raketa tasvirini e’lon qildi.

«Shimoliy Koreya armiyasining harbiy qudrati Koreya yarim orolida urush boshlangan taqdirda»dushmanlar uchun halokatli oqibatlarga olib keladi» deydi KXDR yetakchisi.