Jinoyat

Buxoroda qalbaki kupyuralar ishlab chiqargan yigit 5 yilga qamaldi

Buxoroda qalbaki kupyuralar ishlab chiqargan yigit 5 yilga qamaldi

Buxoroda qalbaki kupyuralar ishlab chiqargan yigit 5 yilga qamaldi.

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 20, 21 yoshli yigitlar qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar ishlab chiqarib kelayotgani aniqlandi. Bu haqida “Bu kun” informatsion dasturida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi yigitlar 2023-yilning iyun oyida 100 va 200 ming so‘mlik kupyuralarni o‘z xonadonida qalbakilashtirib, muomalaga kiritishga uringan.

Ular jami 1 million 900 ming so‘m va A4 formatidagi qog‘ozlarda qiymati  9 million 800 so‘m pul kupyuralarini printer yordamida qalbakilashtirgan.

Jinoyat ishlari bo’yicha G‘ijduvon tuman sudida mazkur holat bo’yicha jinoyatni sodir etgan yigitlarga sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, jinoyatchilarga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.