Jahon

Moskvadagi teraktda Tojikiston fuqarolari borligi aytildi

Moskvadagi teraktda Tojikiston fuqarolari borligi aytildi

Kecha, 22-mart kuni Moskvada «Krokus Siti Holl»da otishma sodir etganlikda gumon qilingan olti nafar terrorchidan to‘rttasining shaxsi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Baza» Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ularning barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Jumladan, teraktda ishtirok etganlar:

Nasridinov Maxmadrasul – 37 yosh

Usmonov Rivojidin – 51 yosh

Safolzoda Shoxinjon – 21 yosh

Nazarov Rustam –29 yoshda ekani aytilyapti.

Ulardan qaysi biri qo‘lga olingani hozircha ochiqlanmagan.