Jahon

Teraktda jabrlanganlar birinchi kompensatsiya to‘lovlarini olishni boshladi

Teraktda jabrlanganlar birinchi kompensatsiya to‘lovlarini olishni boshladi

Krokusdagi terakt bo’yicha eng so‘nggi xabarlar e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, qurbonlar soni 137 kishiga yetdi, ulardan 3 nafari bolalardir. Jabrlanganlarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi – unda 182 kishi bor.

Shuningdek, Moskva Basmanniy sudi terakt sodir etishda ayblanayotgan 4 kishini hibsga olishga qaror qildi, ular umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Moskvada fojia qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan “Turnalar uchmoqda” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Aksiya o‘zbekistonliklar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.

Moskva ijtimoiy himoya departamenti bergan ma’lumotga ko’ra, jabrlanganlar birinchi kompensatsiya to‘lovlarini olishni boshladi.