Jahon

Biz Rafahga kirib, irodali g‘alabaga erishamiz – Netanyaxu

Biz Rafahga kirib, irodali g‘alabaga erishamiz – Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri G‘azo sektoridagi XAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarani yo‘q qilishini aytdi.

Netanyaxu yahudiylarning muqaddas Purim bayrami munosabati bilan politsiya bo‘limiga tashrifi chog’ida G‘azo sektori janubida 1,5 million falastinlik boshpana olayotgan Rafahga quruqlik hujumi uyushtirib, natijada g’alaba qozonishi haqida ma’lum qilgan. Bu haqda Isroil hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Netanyaxu, Purimda mag’lub bo’lgan Eron qiroli Axashvarning vaziri Xomonni tilga olib, G’azo sektoridagi Xamasning rahbari Yahyo Sinvarni yo’q qilishini aytgan.

Bosh vazirning aytishicha, zamonaviy Eron yahudiy davlatini yo‘q qilishga urinmoqda. Netanyaxu, xalqaro e’tirozlarga qaramay, G’azo janubidagi Rafahga kutilayotgan hujum haqida to’xtalib: «Biz Rafahga kirib, irodali g’alabaga erishamiz», dedi.

Ma’lum bo’lishicha, 22-mart kuni Tel-Avivga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgan Netanyaxu Isroil Rafahga kirmasdan turib, Xamas ustidan g‘alaba qozona olmasligini aytgan. U buni AQSh ko‘magida amalga oshirishiga umid bildirgan, aks holda g’alaba qozonolmasligini eslatib o’tgan.