Krokusdagi terakt vaqtida O‘zbekiston fuqarosi 100 dan ortiq odamni qutqarib qoldi.
Komil Nesibovning jurnalistlarga bergan intervyusida aytilishicha, u fojia yuz bergan kuni do‘sti bilan birga “Krokus”da ofitsiant bo‘lib yarim kun ishlagan va smenasi 19:55 atrofida tugagan. Komil va uning do’sti tashqarida qattiq portlashni eshitgach, qo‘rqib ketishgan. Shundan so’ng eng yaqin binoga yugurishgan.
«Keyin biz qaytishga qaror qildik. O‘qdan yaralangan bir necha kishini yo‘l chetiga sudrab chiqdik, mashinani toxtatib, jarohatlangan ayolni mindirdik va konsertga kech qolganlarning hammasini tarqatib yubordik» deydi o’zbekistonlik Komil.
U shuningdek, bino eshiklarni buzib, odamlarga qochish kerakligini aytgan. Hammayoq tutun ichida bo‘lgan, pastki qavatdagi koridorlardan birida esa taxminan 80 nafar bo’lgan odamlarni ko’rib, ularning tashqariga chiqishiga yordam berishgan.
«Odamlarni qidirib yugurib yurganimda, polda chiroq yonib turgan smartfonga ko‘zim tushdi va yo‘lni yoritish uchun uni oldim. Telefon jiringladi – Kamilla ismi yozilgan edi, bir qiz trubkaga baland ovoz bilan qichqirdi va uni qutqarishni so’radi. U qo’rqib ketgandi», deydi Nesibov.
O‘sha paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining yonida bo‘lgan Komil ularga vaziyatni tushuntirib bergan va shundan so‘ng qizni quyuq tutun orasidan olib chiqishgan.
Eslatib o’tamiz, 22-mart kuni Moskva yaqinidagi «Crocus City Hall» konsert zalida terakt sodir bo’lib, bir necha kishi halok bo’lgan va jarohatlangan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!