26-martdan Toshkent shahrida 2023-2024-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tasdiqlash qoidalari to‘g‘risida»gi 194-sonli qaroriga asosan, Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyin yakunlanishi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar gidrometeorologiya markazining ma’lumotlarini hamda o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotgani inobatga olinib, 2024-yilning 26-mart kunidan 2023-2024-yilgi isitish davri yakunlanishini ma’lum qilamiz, – deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!