Madaniyat

«Expo 2025» da O’zbekiston o’z pavilioni bilan qatnashadi

«Expo 2025» da O’zbekiston o’z pavilioni bilan qatnashadi

Kecha, 25-mart kuni Yaponiyaning Osaka shahrida boʻlib oʻtadigan «EXPO 2025» koʻrgazmasi uchun qad rostlaydigan Oʻzbekiston milliy pavilioni qurilishiga start berildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Milliy pavilion ustida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Shuningdek, pavilionda “Bilimlar bog‘i” loyihasi taqdim etilib, u barqaror rivojlanish maqsadlarining uch ustuvor yo‘nalishi: “sifatli ta’lim”, “hamyonbop va toza energiya” hamda “sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma” rejalariga muvofiq O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni namoyish etuvchi loyihalarni birlashtiradi.

“Expo Osaka 2025” dasturida qator madaniy tadbirlar, jumladan, O‘zbekiston milliy kuni, keng miqyosli madaniy dasturga taraddud ko‘rilmoqda. Ayollar pavilionida sho‘ba bahs-munozaralarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Expo Osaka 2025” xalqaro tadbirida ishtirok etish O‘zbekiston uchun mamlakat innovatsiyalari va yutuqlarini namoyish etish, sayyohlikni rivojlantirish, sarmoyaviy va biznes imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik va bahamjihatlik, mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar kabi ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi, deyiladi jamg’arma press-relizida.