Xabar berilishicha, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Termiz shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda M.R. ismli shaxs fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy taʼlimning magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun TOEFL sertifikatini olib berishni vaʼda qilib, evaziga 1,1 ming dollar va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.