Turkmanistonning Arkadag shahrida buyuk turkman shoiri Maxtumquli Firog’iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida O’zbekiston vakillari sovrinli o’rinlarni egallashdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, bilimlar bellashuvida Turkmaniston, Ozarbayjon, Bolgariya, Belarus, Eron, Qozog’iston, Xitoy, Qatar, Tojikiston, Turkiya va Rossiyadan o’quvchilar ishtirok etishdi.
Matematika fanining 120 dan ortiq yosh bilimdonlari o’rtasida kechgan murosasiz intellektual bellashuvlar davomida, olimpiada hakamlari hay’ati qaroriga ko’ra, O’zbekiston vakillari ikkita oltin, ikkita kumush va beshta bronza medalini qo’lga kiritishdi.
O’zbekistonlik o’quvchilar ko’rsatgan yuqori natijalar olimpiada tashkilotchilari va musobaqada ishtirok etgan davlatlar delegatsiyalarining e’tirofiga sazovor bo’ldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!