Yangiliklar

Turkiya va O‘zbekiston rahbarlari ikki tomonlama aloqalarni muhokama qildilar

Turkiya va O‘zbekiston rahbarlari ikki tomonlama aloqalarni muhokama qildilar

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti axborot xizmati bergan ma’lumotga tayanib, «Anadolu» agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 31-mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida Turkiya va O‘zbekiston munosabatlari, global va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyada shahar saylovlari demokratik yetuklik bilan o‘tgani munosabati bilan tabrikladi. Erdo‘g‘on minnatdorchilik bildirdi.