Janubiy Koreya KXDRning yadroviy va raketa dasturlarini moliyalashtirishga hissa qo‘shgan Rossiyaning ikki nafar jismoniy va ikki yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 2-aprel kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Unda keltirilishicha,»Intellekt» va «Sodeystviye» kompaniyalari va ularning rahbarlari Sergey Kozlov va Fyodor Panfilov qora ro‘yxatga kiritilgan. «Intellekt» kompaniyasi Shimoliy Koreya mutaxassislariga, jumladan IT xodimlariga Rossiyada ishlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam bergan.
«Sodeystviye» kompaniyasi Shimoliy Koreya ishchilarining Rossiya Federatsiyasiga kirishi va mamlakatda qonuniy bo‘lish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam bergan, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Rossiyaning ikki kemasi – Angara va Lady R’ga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. Vazirlik ular BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzgan holda “Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida harbiy yuk tashish”da ishtirok etganini da’vo qilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!