Zilzila episentri, AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Tayvanning Xualyan shahridan 18 km janubda joylashgan. Seysmologlarning fikricha, bu Tayvanda so‘nggi 25 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchli zilziladir.
Yaponiya ham ushbu zilziladan xavotirda. «The Japan times»ning yozishicha, mamlakat janubi-g‘arbiy sohillarida balandligi uch metrgacha bo‘lgan sunami to‘lqinlari kutilmoqda.
Filippinda ham sunami haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Xitoy matbuoti zilzila mamlakat janubi-sharqidagi materik Futszyan provinsiyasida ham sezilganini xabar qildi.