Jinoyat

O‘qishga va ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

O‘qishga va ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
xr:d:DAGAtCs9D_s:331,j:581388052190515723,t:24040310

Navoiy Innovatsiyalar universitetining 3-bosqichiga imtihon sinovlarisiz o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.S. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Navoiy Innovatsiyalar universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sariosiyo tumanida yashovchi S.S. fuqaro A.Yu.ning ishonchiga kirib, uni 500 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida “Sharg‘un” ko‘mir koni AJga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 6,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda