O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-son qonuniga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida qo‘l yuklar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda bojxona xodimiga maʼlum qilinmagan qiymati 41 mln. so‘mlik 16 dona turli shakldagi qadimiy haykalchalar borligi aniqlandi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 8 dona chinnidan yasalgan haykalchalar o‘tgan asrning boshlarida yaratilgan sanʼat namunalari ekanligi aniqlanib, respublikamiz hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklar sirasiga kirishi tasdiqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!