Jahon

HAMAS Misr razvedkasi rahbari bilan mahbuslar almashinuvini muhokama qildi

HAMAS Misr razvedkasi rahbari bilan mahbuslar almashinuvini muhokama qildi

Falastinning HAMAS harakati delegatsiyasi Misr razvedkasi rahbari Abbos Komil bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil bilan asirlarni almashish masalasini Qohirada muhokama qildi.

Uchrashuvda HAMAS delegatsiyasi, harakatning milliy talablarini yetkazish bilan bir qatorda, Isroilga hujumlarini butunlay toʻxtatish, Gʻazo sektoridan chiqib ketish va majburan koʻchirilgan falastinliklarning yashash joylariga qaytishiga imkon beruvchi kelishuvga erishmoqchi ekanligni bildirdi.

Bundan tashqari, delegatsiyaning ta’kidlashicha, HAMAS asirlar almashish shartnomasini tuzishga tayyor, unga ko’ra isroillik mahbuslar falastinliklar evaziga ozod qilinadi.

Delegatsiya HAMASning barcha Falastin fraksiyalari bilan birgalikda milliy maqsadlarga erishish, poytaxti Quddus boʻlgan toʻliq suveren Falastin davlatini barpo etish, falastinliklarni oʻz vatanlariga qaytarish va oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini qoʻlga kiritish borasidagi qatʼiyatini bildirdi.