Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kecha, 8-aprel kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazgan. Unda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi boʻyicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!