Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tadbirkor T.J.ning sport buyumlari sotishga mo‘ljallangan savdo do‘koni sotuvchisi B.N. jami 400 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini hamda 1 dona paketdagi kukunsimon moddani fuqaro A.A.ga 1,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Zarafshon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F-F.” MCHJga dorixonasi sotuvchisi Z.M. fuqaro I.T.ga shifokor retseptisiz 50 ta kapsuladagi “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!