Unga ko‘ra, Latviyada payvandchilarga 1000 yevrodan ortiq ish haqi taklif etilmoqda. Nomzodlar uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:
- MIG, MAG, TIG, TUV, MMA texnologiyasida payvandlash ko‘nikmasi va payvandlash bo‘yicha sertifikat yoki diplom;
- payvandchilik bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;
- rus tilida erkin muloqot qilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
- 22-45 yosh;
- sudlanmagan;
- jismonan sog‘lom;
- sinov muddati 3 oy.
Afzalliklar:
- ish haqi oyiga 1080 yevro (soliqlar ushlangandan keyin);
- aeroportdan yashash joyigacha transfer;
Quyidagilar fuqaro hisobidan:
- turar joy;
- oziq-ovqat;
- sug‘urta;
- aviachipta;
- agentlik xarajatlari.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 16-aprel soat 15:00 dan 26-aprel soat 15:00 gacha davom etadi.