Iqtisod

O’zbekistonda shakar narxi pastladi

O’zbekistonda shakar narxi pastladi

Raqobat qo‘mitasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, qo‘mita tomonidan ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar, xususan shakar mahsuloti realizatsiyasi doimiy tahlil qilib borilmoqda.

Ichki bozorda shakarga bo‘lgan ehtiyoj bir yilda o‘rtacha 600 – 650 ming tonnani tashkil etib, mahalliy shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarda (quvvati 1,2 mln tn.dan ortiq) ehtiyojni to‘liq qoplash imkoniyati mavjud.

Joriy yil 16-apreldan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan shakar mahsulotining kunlik hajmi 20 foizga (2 100 tonnadan – 2 500 tonnaga) oshirilib, boshlang‘ich narxi 6 foizga (13 600 so‘mdan – 12 860 so‘mga) pasaytirildi.

Natijada, shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 13 825,8 ming so‘mdan 13 039,1 ming so‘mgacha, yaʼni 6% ga pasayishiga erishildi.