Rossiya amaldorlari, deputatlari va davlat xizmatchilariga chet elga, shu jumladan “do‘stona” mamlakatlarga sayohat qilish taqiqlandi. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, sayohat cheklovlari 2022-yilda sahna ortida joriy qilingan, 2023-yil oxirida rasmiylashtirildi va yaqinda cheklovlar kuchaytirildi.
Taʼkidlanishicha, mansabdor shaxslar davlat sirlarini oshkor qilishi yoki hibsga olinishi mumkinligidan qo‘rqib, FSB tashabbusi bilan taqiqlangan. Xalqaro sayohatlarga cheklovlar agentlikdan-agentlikka farq qiladi. Davlat Dumasining quyi palatasi xodimlariga chet elga har qanday sayohat qilish taqiqlangani aytiladi.
«Siz umuman hech qayerga borolmaysiz, hatto may bayramlarida Belarus yoki O‘zbekistonga ham bora olmaysi», – deyiladi manbada.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!