Jahon

Kongoda sodir etilgan qurolli hujumda 16 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Kongoda sodir etilgan qurolli hujumda 16 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Kongo taraqqiyoti kooperativi (CODECO) isyonchi guruhi a’zolari Ituri provinsiyasida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Qayd etilishicha, Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) sharqidagi Ituri viloyatida sodir etilgan qurolli hujumda 16 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, Kongo taraqqiyoti kooperativi isyonchi guruh a’zolari Banyali Kilo viloyatidagi Toko qishlog‘iga ham qurolli hujum uyushtirgan.

2014-yildan beri isyonchilarning sharqdagi hujumlari minglab tinch aholining hayotiga zomin bo’lgani taxmin qilinmoqda.

Ruanda, Uganda va Burundi bilan chegaradosh bo’lgan sharqiy DRC 20 yildan ortiq vaqt davomida oltin va kobalt konlari ustidan nazorat o’rnatishga urinayotgan qurolli guruhlar tomonidan hujumlar va mojarolarga sahna bo’lib kelgan.