Jamiyat

O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 millionga yetdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 millionga yetdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 21-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda erkaklar soni 18 600 118 nafar, ayollar soni esa 18 344 815 nafarni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2022-yil dekabrda 36 milliondan oshgan edi. 2024-yilning fevraliga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga ortgan bo‘lib, ularning 56,3 foizi mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar hisoblanadi. 1-yanvar holatiga ko‘ra doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 250 266 nafarga ko‘p.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Markaziy Osiyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 71,8 yoshni tashkil etgan, bu Osiyo bo‘yicha 2,4 yilga (74,2 yosh) hamda jahondagi o‘rtacha umr davomiyligidan 7,9 yilga (79,7 yosh) kam.