Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanida “O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llashning samaradorligi” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9 aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida “Basalt Uzbekistan” klasteri tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ushbu yo‘nalishda konferensiya va forumlar o‘tkazish to’g’risidagi Prezident topshirig‘ining ijrosini taʼminlash ham ko’zda tutilgan.