Isroil harbiy razvedkasi (AMAN) rahbari Xaliva 2023-yil 7-oktyabrdagi muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganidan so‘ng isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Xaliva G‘azo sektori atrofida keskinlashuv boshlanganidan 10 kun o‘tib, razvedkadagi nosozlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. 3-fevral kuni Isroil armiyasi bosh shtabi va Bosh xavfsizlik xizmati (Shin Bet) rahbarlari bilan birgalikda isteʼfoga chiqish niyatida ekanini bildirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!