Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.F.” MCHJ rahbari I.F. fuqaro X.T.ga jami 180 dona “Reduksin” va “Fatzorb” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, savdo doʻkonidan yana 432 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Sharq” YPX postida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtilib koʻzdan kechirilganda, yoʻlovchi Ye.M.ning yonida 34 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi va 10 gramm “Pregabalin” nomli modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!