Aytilishicha, bu tizim xodimlariga yengillik yaratish maqsadida amalga oshirilib, qurilma IIOga favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot olish va zudlik bilan bartaraf etish imkonini berib, vaqtni va resurslarni tejaydi, xarajatlarni kamaytiradi.
«IIV Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan hududlarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari, IIOning boshqa sohaviy xizmat xodimlarini o‘qitish bo‘yicha uchta maxsus ishchi guruh tuzilgan”, — deydi IIV Axborot texnologiyalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Shohrux Muxtorov.
Tasdiqlangan rejaga asosan, Andijon viloyati IIB va hududiy tuzilmalari xodimlari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Ularda xodimlarga dronlarning turlari, taktik-texnik tasniflari hamda ishlatish tartibi haqida tushuntirishlar berilgan.
Shuningdek, xizmat vazifasini bajarishda texnologiyalardan foydalanish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va oldini olish borasidagi ko‘nikmalar shakllantirilgan.