Qayd etilishicha, nishonga olingan obyektlarda 26 ming kub metr Rossiya yonilg‘isi saqlangan. Portlashlardan so‘ng yonilg‘i-energetika obyektlarida yirik masshtabda yong‘in kelib chiqqan. Obyektlardagi xodimlar evakuatsiya qilingan.
“Rosneft” Smolensk viloyatidagi Yartsevo va Razdorovo aholi punktlarida yonilg‘i-moylash materiallarini saqlash va quyishga mo‘ljallangan ikkita baza hujumga uchragani yuzasidan ma’lumot bermagan. Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxin ma’lumotni tasdiqlab, hech kim jabrlanmaganini ma’lum qilgan.