O‘zbekiston

Vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi.

Bu haqda Prezidentning (19.04.2024 yil, 162-son) “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash (raisi – bosh vazir Abdulla Aripov) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yangi Toshkent shahri hududiga ko‘chirish, ularning maʼmuriy binolaridan samarali foydalanish va ularni sotishdan tushadigan mablag‘larni ushbu hududda maʼmuriy binolarni barpo etishga yo‘naltirish yuzasidan 3 oy ichida taklif kiritishi lozim.