AQSHda 700 dan ortiq talaba Falastinni qo‘llab-quvvatlab namoyishda ishtirok etgani uchun hibsga olindi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 18-aprel kuni Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti hududida chodir lageri qurgan va Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazgan talabalarni tarqatib yuborish vaqtida 108 kishi politsiya tomonidan hibsga olingan.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralari tomonidan Bostondagi (Massachusets shtati) Emerson universiteti hududidagi chodir lagerini tugatish paytida 118 kishi, Bostonda joylashgan Shimoli-sharqiy universitetda 102 kishi, Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universitetida 93 kishi, Texas universiteti, Blumingtondagi Indiana universiteti, Atlantadagi Emori universiteti va Arizona shtat universitetida o‘nlab talabalar hibsga olingan.
Hibsga olishlar Prinston, Yel, Nyu-York universitetlari, Minnesota universiteti va Ogayo shtati universitetlariga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!