Farg‘ona viloyatidagi Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari pora olayotganida jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27-aprel kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazgan.
Tadbirda Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari tanishlari orqali sudning ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan jazo qo‘llanilishida yengillik qilib berishni aytib, aldov yo‘li bilan ishonchni suiiste’mol qilib, kelishilgan 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-(Firibgarlik) va 28,211- (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!