Hodisa 3-may kuni Chilonzor tumani, 5-mavze, 16-uy oldida sodir bo‘lgan.  Enaga tomonidan bolalar aravachasida (kolyaska) olib ketilayotgan 2023-yilda tug‘ilgan qizaloqni daraxt bosib qolgan va u hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tekshirishda suv quvurlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotganishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishlari oqibatida bir tup daraxtning ildizi ochilgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay yiqilgani aniqlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.