Jahon

Rossiya hukumati Luganskda tug’ilgan chaqaloqlarni musodara qilmoqchi

Rossiya hukumati Luganskda tug’ilgan chaqaloqlarni musodara qilmoqchi

Rossiya Federatsiyasi Lugansk viloyatida genotsid sodir etib, chaqaloqlarni onalaridan tortib olish bilan tahdid qilmoqda.

Rossiya tomonidan bosib olingan Lugansk viloyatidagi shifoxonalarda, agar ota-onadan hech biri Rossiya fuqaroligi borligini isbotlay olmasa, yangi tug‘ilgan bolalarni onalaridan olib ketish bilan tahdid qilmoqda. Bunday harakatlar Konvensiyaning genotsid jinoyati haqidagi moddasini buzadi. Bu haqda Urushni o‘rganish instituti (ISW) xabar berdi.

Lugansk viloyati politsiya boshqarmasi boshlig‘i Artem Lisogorning so‘zlariga ko‘ra, 6-maydan boshlab ishg‘ol qilingan Lugansk viloyatidagi kasalxonalardan chiqish uchun onalar yangi tug‘ilgan chaqaloqning ota-onasidan kamida bittasi Rossiya fuqaroligiga ega ekanligini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.

“Agar bu xabar haqiqat boʻlsa, bunday harakatlar Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konventsiyaning II(d) bandini buzadi, bunda genotsid “guruh ichida bolalar tugʻilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni joriy etish” deb taʼriflanadi.